18:30 / 01.09.2020
1 801

Rossiyalik blogerlar «Jiguli»ga «ZIL-130» dvigateli o‘rnatish loyihasini yakuniga yetkazdi (video)

Rossiyalik blogerlar «Jiguli»ga «ZIL-130» dvigateli o‘rnatish loyihasini yakuniga yetkazdi (video)
Kadr: YouTube
2019 yilda YouTube’dagi «Garaj 54» kanali videoblogerlari eski «VAZ-2106»ga «ZIL-130» yuk mashinasining dvigatelini o‘rnatgan edi. «JigaZIL» nomini olgan loyiha joriy yilda yakuniga yetdi, deb yozadi CARakoom.

Yuk mashinasining motori shu qadar katta bo‘lganidan yengil mashina kapoti ostidan zo‘rg‘a joy olgan. Old tomonning bir qismini kesishga, haydovchi o‘rindig‘ini orqaroqqa surishga to‘g‘ri kelgan. Qo‘shimcha quvvat uchun dvigatel turbirlangan.

Avtomobil bemalol harakatlana olgan (tez bo‘lmasa ham), biroq uning tashqi ko‘rinishi u qadar chiroyli chiqmagan. Oradan bir yil o‘tgach, blogerlar o‘zining eski loyihasiga qaytib, mashina ekstereri bilan shug‘ullanishga qaror qilgan.

Buning uchun qo‘lbola panjarali «obves» va burchakli kengaytirilgan g‘ildirak arkalari yasalgan. Biroq e’tibor tortadigan jihati «ZIL» dvigatelini yuqori qismidan yopib turgan ulkan kapot.

Kadr: YouTube
«Obves» tayyor bo‘lgach, avtomobil bo‘yash uchun yuborilib, uning kuzoviga sariq grafik element va yozuvli qora «Raptor» sepilgan. Natijada kutilganidan ham a’lo mashina paydo bo‘lgan.

Shundan so‘ng avtomobil evakuatorga ortilib, odamlar reaksiyasini ko‘rish uchun yaqin atrofdagi savdo markaziga olib borilgan.

Kadr: YouTube
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)