Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol O.S. IIBga murojaat qilib, nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 15 mln 970 ming so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 23 yoshli ayol R.M. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.M., jabrlanuvchi O.S.ga o‘zini "Maqsuda" deb tanishtirib, mahallada ishlashini hamda bir martalik moddiy yordam puli olishda yordam qilishini aytgan.
So‘ng uning bank mobil ilovasi orqali 15 mln 970 ming so‘m miqdorda onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi