2020 yilda mashinalar importi va eksporti oshgan

1 daqiqa o'qish2.5K
2020 yilda mashinalar importi va eksporti oshgan
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda mashinalar va transport asbob-uskunalarining tashqi savdo aylanmasi haqida ma’lumotni e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 7,95 milliard AQSH dollarini tashkil etgan va importning umumiy hajmidagi ulushi 37,6 foizga yetgan.

Mashinalar va asbob-uskunalar import qilingan asosiy hamkor davlat sifatida Xitoy (2,5 milliard AQSH dollari miqdordagi umumiy import tovarlarining 31,6 foizi) qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya (umumiy importning 16,6 foizi) va Rossiya (umumiy importning 9 foizi) egallagan.

Mashina va transport uskunalari importi hajmining kamayishiga sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallari (17,6 foizga), shuningdek, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalar (14,9 foizga) importidagi pasayish bevosita ta’sir qilgan.

O‘z navbatida, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari uchun avtomobil ehtiyot qismlari importi uchun sarflangan mablag‘ 944,6 million AQSH dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga va avtomobil import qilish uchun 475,1 million AQSH dollari mablag‘ sarflanib, o‘tgan yilgiga nisbatan 7,9 foizga oshgan.

Bundan tashqari, avtomobil eksport qilish hajmi 30,4 foizga ko‘payib, 208,7 million AQSH dollarini tashkil etgan.

Joriy yilning 13 yanvar kuni prezident ishtirokida o‘tgan mashinasozlik sanoatini transformatsiya qilish va sohada raqobatdoshlikni oshirish masalasidagi yig‘ilishda sohada 276 million AQSH dollarilik 8ta xususiy investorlik loyihasi bo‘yicha takliflar mavjudligi e’lon qilingandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?