date

Toshkentda “parkovka” aholi uchun imtiyozli tartibda amal qiladi

Toshkentda “parkovka” aholi uchun imtiyozli tartibda amal qiladi

Toshkent shahrida to‘xtash joylari tizimida aholi uchun qator qulayliklar joriy etilishi kutilmoqda. Poytaxtda pulli “parkovka”lar tashkil etilgan ko‘chalarda yashovchi ko‘p qavatli uylar aholisi uchun rezidentlik asosida maxsus imtiyozlar beriladi. Bu haqda shahar hokimligining Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, rezidentlik ruhsatnomasiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘z mahallasidagi to‘xtash joylaridan kechki vaqtdan to tongga qadar imtiyozli shartlarda foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar. Kunduzgi vaqtlarda esa muayyan chegirmalar ko‘zda tutilgan, bayram va dam olish kunlarida esa imkoniyatlar yanada kengroq tarzda taqdim etiladi.

Hozirda ruhsatnomalarni olish jarayonini yengillashtirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya ishlari olib borilmoqda. Loyihani amalga oshirish bu yilning noyabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur ishlar tugagach, shahar hokimining tegishli qarori qabul qilinib, unda ruhsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, qaysi toifadagi fuqarolar ushbu huquqqa ega bo‘lishi mumkinligi va taqdim etiladigan imtiyozlar ro‘yxati aniq belgilab beriladi.

“Qaror qabul qilingan paytda uning mazmuni bilan barcha hamshaharlar tanishib chiqishlari uchun belgilangan tartibda e’lon qilinadi”, – deya ta’kidlandi hokimlik axborotida.

Ma’lumot uchun, ilgari qabul qilingan qarorga muvofiq, poytaxtda pulli “parkovka” tariflari tasdiqlangan edi. Jami 5 ta zona belgilangan bo‘lib, ulardagi narxlar talab darajasiga qarab farq qiladi. Masalan, birinchi zona — shiddatli harakat va to‘xtashga yuqori ehtiyoj mavjud bo‘lgan markaziy hududlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda soatiga 12 000 so‘m to‘lanadi. Eng chekka va kam gavjum hududlarni qamrab olgan beshinchi zonada esa narx 5 000 so‘m etib belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda “parkovka” aholi uchun imtiyozli tartibda amal qiladi