date

Abduqodir Husanov APL hafta ramziy jamoasiga tanlandi

Abduqodir Husanov APL hafta ramziy jamoasiga tanlandi

«Manchester Siti»ning yosh himoyachisi Abduqodir Husanov yana bir muhim yutuqqa erishdi. Mashhur Whoscored portali uni Angliya Premer-ligasining hafta ramziy terma jamoasiga kiritdi. Bu 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi uchun katta e’tirof bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Husanovning «Manchester Yunayted»ga qarshi derbidagi harakatlari 7,9 ball bilan baholangan. Bu ko‘rsatkich unga ramziy tarkibda munosib o‘rin topish imkonini berdi.

Whoscored talqiniga ko‘ra, APLning 4-tur ramziy jamoasi quyidagicha shakllandi:

Darvozabon: Rubin Rufs («Sanderlend», 8,4 ball).

Himoyachilar: Abduqodir Husanov («Manchester Siti», 7,9), Mikki van de Ven («Tottenhem», 8), Tayron Mings («Aston Villa», 7,8), Jeyms Garner («Everton», 7,7).

Yarimhimoyachilar: Noni Madueke («Arsenal», 8,5), Mozes Kaysedo («Chelsi», 7,9), Martin Subimendi («Arsenal», 8,7), Jeremi Dok-u («Manchester Siti», 8,3).

Hujumchilar: Erling Holand («Manchester Siti», 9,4), Viktor Gokeresh («Arsenal», 7,9).

Shu tariqa, Husanov nafaqat derbidagi ishonchli o‘yini bilan, balki butun turning eng yaxshi futbolchilari qatorida ham o‘z nomini yozdirdi. O‘zbekistonlik himoyachining bu kabi muvaffaqiyatlari uning Premer-ligadagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda.

Muxlislar esa yosh iqtidor sohibining kelgusi uchrashuvlarda ham yuqori darajada o‘ynashini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov APL hafta ramziy jamoasiga tanlandi