date

O'zbekistonda Tracker arzonroq sotilmoqda

O'zbekistonda Tracker arzonroq sotilmoqda

Chevrolet Tracker krossoverlari nihoyat Xitoyda yig'ilgan variantda Rossiyaga yetib keldi, deb Kursiv.uz xabar berdi. Ular, albatta, rasmiy kanallar orqali emas, balki parallel import orqali olib kirilgan. "Avtonovosti dnya" portali narxlarni o'rgandi, biz esa ularni O'zbekistondagi narxlar bilan solishtirdik.

Rossiyada Vladivostokda 1,65 mln rublga (222 million so'm) Tracker sotib olish mumkin. Bu pulga charm salon, sensorli ekranli multimedia, lyuk, konditsioner va motorni yoqish tugmasiga ega avtomobil taklif etilmoqda. Motor — 1.0 litrli, 116 ot kuchiga ega, 6 pog'onali avtomat uzatma bilan.

Biroq narxlar tez o'smoqda. Permda shu turdagi avtomobil 1,89 mln rubl (254 million so'm), Moskvada esa 2,39 mln rubl (322 million so'm)gacha chiqmoqda. Bu yerda esa 132 ot kuchiga ega 1.2 litrli turbomotor, orqa kamera, kruiz-kontrol, kalitsiz kirish, yomg'ir datchiklari va 17 dyuymli disklar mavjud.

O'zbekistonda vaziyat ancha barqaror
Toshkent va boshqa shaharlarda GM Uzbekistan rasmiy dilerlari rasmiy narxlar bilan savdo qilmoqda. So'nggi rasmiy praysga ko'ra:

  • LS — 221 422 880 so'm

  • LTZ — 239 813 280 so'm

  • LS PLUS — 220 951 360 so'm

  • LTZ PLUS — 244 108 480 so'm

  • Premier Plus — 272 656 160 so'm

  • Redline — 282 474 080 so'm

Moskvadagi "kulrang" Tracker 322 mln so'mga taklif etilsa, Toshkentda eng qimmat Redline versiyasi 282 mln so'm bo'lib, kafolat va rasmiy xizmat bilan sotilmoqda.

Xulosa shuki: O'zbekiston uchun Tracker — oddiy va qulay krossover. Rossiyada esa u ko'ngilni sovutuvchi lyuks mahsulotga aylanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O'zbekistonda Tracker arzonroq sotilmoqda