
Elit OCHLning 1-turida Jidda shahridagi bellashuvda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasi o'z maydonida Qarshining "Nasaf" klubini 4:2 hisobida mag'lub etdi, deb Championat.asia xabar berdi.
Uchrashuvda dastlab mehmonlar faol harakat qilib, 34 va 41-daqiqalarda Husayn Norchaevning ikkita goli bilan oldinga chiqib olishdi. Unga Murod Rahmatov va Oybek Bozorov assistentlik qilishdi.
Biroq ikkinchi bo‘limda "Al Ahli" jamoasi endi tushib qolmadi. Enzo Miyo 65 va 68-daqiqalarda ketma-ket ikki gol kiritib hisobni tenglashtirdi. 90+4-daqiqada Riyod Mahrez jamoasini oldinga olib chiqdi, 90+15-daqiqada esa Muhammad Sulaymon yakunlovchi zarbani yo‘llab, hisobni 4:2ga yetkazdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 