Iste’dodli xonanda Aziza Niyozmetova ijodining 25 yilligi munosabati bilan yubiley konsert o‘tkazishga qaror qildi. Garchi konsert 26-27 yanvar kunlariga belgilangan bo‘lsa-da, ko‘chadagi salqin havo uning muxlislari kayfiyatiga ta’sir etmaydi. Boisi, xonanda yakkaxon dasturi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dasturda nafaqat yangi, balki muxlislar qalbidan chuqur o‘rin egallagan qo‘shiqlar ham o‘rin olishi rejalashtirilmoqda.
— Jonli ijroda konsert berish niyatim bor edi. Ammo sozandalar tarkibi bilan bog‘liq muammolar sabab, ba’zi qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etishga qaror qildim. Ammo konsert repertuarining asosiy qismini jonli ijroda kuylayman, — deydi xonanda Aziza Niyozmetova.
Xullas, qish faslining qahraton kunlarida Aziza Niyozmetova“Yuragimdan joy beraman, kelsangiz” deya ashaddiy muxlislarini “Istiqlol” san’at saroyi tomon chorlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi