10 725
Konstitusiya bayramida final qo‘shig‘ini kuylash baxtini Gulsanam, Ozodbek, Yulduzdan Sevara ilib ketdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytgani, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda qo‘shiq kuylashi haqida xabar berilgan edi.
Mazkur xabardan so‘ng ko‘plab muxlislar orasida qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘ldi. Usmonova katta sahnalarni tark etguniga qadar bayram tadbirlarining final qo‘shig‘ini kuylab chiqqan. Xalq uning ishtirokini, kuylaydigan qo‘shig‘ini intizorlik bilan kutardi, kiygan libosidan tortib, lab bo‘yog‘igacha muhokamalarga sabab bo‘lardi.
Yulduz Usmonovadan so‘ng bu o‘rinni O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova egallagan edi. Bir gal bu baxt Nazarbekovga nasib etsa, boshqa safar Mamazoitova do‘ndirardi.
San’at beshafqat, muxlis ham. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda final qo‘shig‘ini kim kuylashi haqida bahs-munozaralar yaqin-yaqingacha tinmayotgan edi. Ammo bu baxt na Mamazoitovaga, na Nazarbekovga va na qaytishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Usmonovaga nasib etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi bayram tantanalarining final qo‘shig‘ini kuylash O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonga nasib etdi. Yugurganniki emas, buyurganniki, deb shuni aytishsa kerak.
Darvoqe, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2006 yil aprel oyida “Vodiy sadosi” radiosida radioboshlovchi Feruza Abdurahmonova bilan suhbatda Sevara Nazarxonning ovozi va qo‘shiqlarini keskin tanqid qilib, uni xalq qo‘shiqlarini o‘g‘rincha kuylab chiqishdi, mualliflik huquqini buzishda ayblagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi