10 326
Nasiba Abdullaeva o‘zi uchun qayta kashf qilgan o‘zbek estrada xonandasi haqida gapirdi
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva yosh xonandalardan birini o‘zi uchun qayta kashf qilganini aytdi. Nasiba Abdullaeva xonanda Shohruhxonning “Aldamadim” qo‘shig‘ini maroq bilan tinglayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi” nashri.
“Haqiqatdan ham bu qo‘shiqni juda mazza qilib tinglayapman. Ishonsangiz, mashinada Samarqanddan Toshkentga kelgunga qadar qayta-qayta tinglab, Shohruxxonga jo‘r bo‘lib kuylab keldik. Ayniqsa, musiqa qismini eshitganimda ko‘nglim yayradi. Bu qo‘shiqning musiqasida o‘zimga yaqin ohanglarni topganday bo‘ldim. Hamma san’atkorlar bilan salom-alik qilamiz, kuylagan qo‘shiqlarini eshitamiz. Biroq birgina musiqa ikki ijodkorni o‘zi sezmagan holda yaqinlashtirib qo‘yar ekan. ‘Aldamadim’dan keyin men Shohruxxoni o‘zim uchun qayta kashf qildim”—deydi Nasiba Abdullaeva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida.
Nasiba Abdullaeva bilan intervyuning to‘liq talqinini “Darakchi” gazetasining 5 yanvar, payshanba kuni sotuvga chiqadigan 1-sonida o‘qishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi