O‘tkir nigohga, go‘zal tabassumga, go‘zal Byanka afsonaviy aktyor va jang san’ati ustasi Jan-Klod Van Dammning qizidir, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Byanka yosh bo‘lishiga qaramay, sportda, kinoda ulkan natijalarga erishib, mashhur familiyaning eng loyiq davomchisiga aylandi.
Byanka Van Varenberg (otasining asl ism-sharifi aynan shunday yangraydi) sportchi ota-onasidan nafaqat jismoniy go‘zallikni, balki uddaburolik va epchillikni ham meros qilib oldi. Tashqaridan nozik ko‘rinadigan qaddi-qomati bilan o‘ta keskin harakatlarni, turli jang usullarini osonlik bilan bajaradi.
Qiz bolaligidanoq sportga mehr qo‘yganligini, bir paytlar jang san’atini yoqtirmaganligini tan oldi. U ilgari konkida yugurish sporti bilan shug‘ullangan. Keyinchalik jang san’atiga qiziqishi ortganligi tufayli, otasi bajargan tryuklarni bajara boshladi. Byanka otasi bilan birga sport mashg‘ulotlarida ishtirok etadi, ular o‘zaro kuch ham sinashadi. Byanka uchun otasi ibrat namunasi hisoblansa, Van Damm esa qizining erishgan yutuqlaridan faxrlanadi. Otasining izidan borgan Byanka sport mashg‘ulotlari bilan chegaralanib qolmadi, u badiiy filmlarda ham suratga tusha boshladi. Ayni kungacha u 10 ta filmda aktrisa, prodyuser, ssenariy muallifi va rassom sifatida ishtirok etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi