23:04 / 16.12.2022
2 327

Yevropada millatchilar halol taomlarni «musulmonlar bosqini»ning ramzi sifatida ko‘rmoqda

Yevropada millatchilar halol taomlarni «musulmonlar bosqini»ning ramzi sifatida ko‘rmoqda
Yevropada irqchilikning yangi turi kuchayib boryapti. "Madaniy irqchilik" g‘arbdan boshqa jamiyatlarning turmush tarzi, urf-odati, kiyim-kechagi va oshxona madaniyatini ham nishonga olmoqda. Gastronomiya yoki pazandachilik irqchiligi deb ta’riflangan diskriminatsiya ham musulmonlarning halol oziq-ovqat izlashini “musulmonlar istilosi” deb baholanyapti.

Turkiyadagi Mug‘la Sitki Kochman universiteti o‘qituvchisi doktor Sedat Deyishgal turli madaniyat va dinlarning oshxonalaridan kelib chiqib, "gastronomik irqchilik" bilan musulmonlarga qarshi munosabat haqida fikr bildirdi.

Deyishgal G‘arbda musulmonlarga qaratilgan gastronomik irqchilikning o‘ta o‘ng siyosatchilar tomonidan amalga oshirilayotganiga ishora qiladi.

"So‘nggi yillarda Yevropada o‘ta o‘nglarning kuchayishi bilan chet el madaniyatlariga xizmat ko‘rsatuvchi restoranlarga qarshilik ham kuchaydi. Ayniqsa, halol oziq-ovqat tayyorlovchi kafelar Yevropada musulmonlar bosqinining ramzi sifatida ko‘riladi. Halol Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalarga qarshi irqchilik munosabati kuchaygan bir paytda, hatto halol oziq-ovqat atamasini eshitishdan noqulay bo‘lgan katta siyosatchilar ham ko‘plab topiladi”, dedi u.

Ko‘plab Yevropa davlatlarida, ayniqsa Fransiyada musulmonchilikka qarshi kayfiyat borgan sari kuchayib boryapti. 2010 yilda Quick restoranlar tarmog‘ining ba’zi bo‘limlarida halol menyu berishni boshlashi ko‘plab siyosatchilar tomonidan tanqid qilingan. Hatto o‘ta o‘ng siyosatchi Marin Le Pen Quickni boykot qilishga chaqirdi.

Fransiyada 400 ga yaqin filiali bo‘lgan Quick restoranlar tarmog‘ining musulmonlar zich joylashgan Belgiya bilan chegaradagi 8 ta restoranda halol menyu taklif eta boshlagani fransuz o‘ta o‘ngchilar tomonidan "Xristianlar diskriminatsiya qilinmoqda" va "Fransiya musulmonlar tomonidan bosib olinadi" deya talqin qilindi.

Fransiyada yahudiylarning e’tiqodiga ko‘ra oziq-ovqat sotadigan ko‘plab “kosher” bizneslar mavjud va mahalliy aholida noqulaylik tug‘dirmaydi. Ammo Islomga kelganda fransuzlarning rangi o‘zgara boshlaydi. Yashillar partiyasi deputati Daniyel Cohn-Bendit bu islomofobik munosabatning kulgili va ayni paytda musulmonlarning turmush tarziga nisbatan murosasiz ekanini ta’kidladi.

"Avstraliyadagi o‘ta o‘ngchi “Bir millat” partiyasi e’lon qilgan deklaratsiyada “Halol” sertifikati bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish sizning konstitutsiyamiz va demokratiyamizga qarshi harakat qilayotganingizni, Avstraliyaning islomiylashuvini, jumladan, shariat qonunlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotganingizni anglatadi”, dedi. Uning aytishicha, musulmonlarga nisbatan bunday munosabatni irqchilik paranoyasiga misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Italiya milliy oshxonani saqlab qolish bahonasida turli madaniyatlarga mansub taomlar taqdim etuvchi korxonalarga cheklov qo‘ygan.

"Italiyada 2011 yilda Forte Dei Marmida kabobdan tashqari xitoy va hind oshxonalari va boshqa etnik restoranlarning ochilishi taqiqlangan edi. O‘sha yili Sittadela shahar kengashi kabobchilarga litsenziya berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. 2016 yil Veronada etnik taomlar tayyorlaydigan va sotadigan korxonalar ochish taqiqlangan edi.

Shunga o‘xshash taqiq yoki cheklovlar Florensiya va Venetsiyada ham mavjud. Ammo irqchilik devori yaratilmasa, xorijliklar turli mamlakatlarda oson biznes boshlashi mumkin. Katta gastronomik boylik va xilma-xillikni ta’minlaydi. Turkiya bunga eng katta misollardan biridir
”, deydi Deyilgal.

Nemis matbuoti 2000 – 2007 yillar orasida 8 nafari turk bo‘lgan 10 kishini o‘ldirgan, 2 ta bombali hujum uyushtirgan va 15 ta bank o‘g‘irligini sodir etgan NSU mafiyasining qotilliklarini "doner qotilliklari" deb atagan.

Darmshtadt universiteti 2011 yilda "Yilning eng yomon so‘zi" sifatida turk milliy taomining nomi - "Do‘ner" so‘zini tanlagan. Tilshunos professor, doktor Nina Janich ham bu gaplarni tanqid qilgan. Uning aytishicha, bu juda noto‘g‘ri, qotilliklarning siyosiy jihati yillar davomida qasddan e’tiborga olinmagani boshqa millat vakillarini kamsitishga ko‘z yumishday ikkiyuzlamachilikdir.

Doktor Deyilgalning fikricha, musulmonlarning madaniy qadriyatlariga nisbatan dushmanona munosabatni irqchilik deb baholash kerak, musulmon biznesmen yoki musulmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi restoranlarga Yevropadagi "musulmonlar bosqinining" ramzi tamg‘asi ostida hujum qilinayotgan ayirmachilarga huquqiy chora ko‘rilishi shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada millatchilar halol taomlarni «musulmonlar bosqini»ning ramzi sifatida ko‘rmoqda