date

Sirdaryoda xitoyliklar bilan birgalikda yangi avtomobil ishlab chiqarish zavodi ochiladi

Sirdaryoda xitoyliklar bilan birgalikda yangi avtomobil ishlab chiqarish zavodi ochiladi

Kelasi yilda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikda yangi avtomobil ishlab chiqarish zavodi ishga tushiriladi. Bu haqda, 4-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Mazkur avtomobil ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 122 million dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, joriy yilda Sirdaryo tumanidagi Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi ishga tushirildi, bu yerda 300 million dollarlik 14 ta sanoat korxonasi kelasi yil 1-chorak yakunida ish boshlaydi. 2026-yilga kelib, yana 720 million dollarga teng bo‘lgan 40 ta yangi loyiha tashkil etilishi kutilmoqda.

O‘tgan yili Sayxunobod tumanida yangi ishlash tizimi ishga tushirildi. Bu tizim orqali kichik sanoat va servis sektorlari orqali aholi daromadlarini oshirishga erishildi. Sayxunobod tumanidagi 13 ming xonadonda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish natijasida odamlar oylik daromadlarini bir necha barobarga oshirgan. Tumanda 1,8 ming xonadonda 5-6 sotixli issiqxonalar qurildi, yana 622 xonadonda esa 2-3 sotixli issiqxonalar mavjud.

Yangi ishbilarmonlik yo‘nalishlarida 700 ta yangi tadbirkor ish boshlagan, 15 ming kishi doimiy daromadga ega bo‘lgan. 1,5 ming oila kambag‘allikdan chiqib, o‘z hayotlarini yaxshilashga erishgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sessiyada, Sayxunobod tumanidagi ishlarning yuqori samaradorligini ta’kidlab, “Eng qiyin tumanlardan biri bo‘lgan Sayxunobodda hayot va odamlarning kayfiyati qanday o‘zgarganiga guvoh bo‘lyapsizlar”, dedi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Guliston shahridagi ichki yo‘llar bo‘yicha avtobus qatnovlarini amalga oshirish maqsadida 52 ta avtobus olib kelingani haqida xabar berilgandi. Ular tabiiy siqilgan gazda harakatlanadi va "Yevro-5" ekologiya standartiga to‘liq javob beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirdaryoda xitoyliklar bilan birgalikda yangi avtomobil ishlab chiqarish zavodi ochiladi