
14 yoshli Maylz Vu qog‘ozdan o‘zining og‘irligidan 10 ming marta katta bo‘lgan og‘irlikni ko‘tara oladigan konstruksiya yasadi, deb yozadi Business Insider.
Nyu-Yorklik maktab o‘quvchisi o‘z tadqiqotida miura-ori deb nomlangan origami sxemasi binolarning tuzilishini yaxshilash uchun ishlatilishi mumkinligini aniqladi. Vu loyihasi favqulodda vaziyatlar, xususan, zilzilalar paytida uylarni yanada barqaror qilishi mumkin.
Vu uch turdagi qog‘ozdan 54 ta origami variantini sinovdan o‘tkazdi va Thermo Fisher Scientific Junior Innovators Challenge tanlovida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan yakuniy variantga to‘xtaldi.
"Men sinovdan o‘tkazgan eng mustahkam miura-ori haqidagi yakuniy statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, u o‘zining vaznidan 10 ming baravar og‘ir bo‘lgan vaznga bardosh bera olar ekan, - deydi maktab o‘quvchisi. - Hisoblab ko‘rsam, bu Nyu-Yorkdagi 4 mingdan ortiq fil sig‘adigan taksilar soniga teng ekan."
Olingan mukofotni o‘smir ta’lim olishga sarflamoqchi. "Men haqiqatan ham o‘rganmoqchi bo‘lgan bir narsa - bu mening origamilarim yordamida real hayotiy vaziyatlarda foydalanish va odamlarga haqiqatan ham yordam berish mumkin bo‘lgan boshpana yaratishdir," - dedi Vu.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.