
Bloomberg agentligi tomonidan eʼlon qilingan «Milliarderlar indeksi»ga ko‘ra, 2025 yil boshidan buyon Rossiyaning eng boy tadbirkorlarining boyligi 18,1 milliard dollarga oshdi. Reyting tuzishda kompaniyalar aksiyalarining qiymati hisobga olingan.
Rossiya milliarderlaridan eng katta kapital o‘sishi Alisher Usmonovda kuzatildi. Uning boyligi yil boshidan buyon 5,32 milliard dollarga oshib, 18,5 milliard dollarga yetdi. Bu o‘sish natijasida Usmonov rus boylari reytingida 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Alisher Usmonovdan tashqari, Iskandar Mahmudov (UGMK), Pavel Durov (Telegram) va Tatyana Kim (Vildberriyes) kabi boshqa mashhur rossiyalik tadbirkorlar ham 2025 yilda o‘z boyliklarini sezilarli darajada oshirishdi.
Biroq, Vladimir Lisin, Novolipetsk metallurgiya kombinati direktorlar kengashi raisi, bu yil katta zarar ko‘rdi. Uning boyligi 3,07 milliard dollarga kamayib, 22,8 milliard dollarni tashkil etdi. Shunga qaramay, u Rossiya milliarderlarining yetakchi uchligida o‘z o‘rnini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.