
O‘zbekistonda bugun kechasi sovuq havo va qahraton kuzatilishi kutilmoqda. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida harorat -3 darajagacha pasayadi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat +9 dan +11 darajagacha ko‘tariladi.
Aksariyat hududlarda shamol sharqdan g‘arb tomon esib, tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kechasi harorat -2 darajani tashkil qiladi, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.
Markaziy va janubiy viloyatlarda esa kechasi nisbatan iliq, harorat 0 dan +5 darajagacha bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.