
Hindistonning Madhya Pradesh shtatidagi Sagar shahrida yashovchi Sarvagya Singh Kushvaha eng yosh shaxmatchi sifatida tarixga kirdi. U atigi 3 yosh 7 oy va 13 kunlidagina FIDE Rapid reytingiga kiritildi va bu orqali u 1572 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Sarvagya sentyabr oyida RCC Rapid Rated Cup musobaqasida ishtirok etgan va 1542 reytingga ega shaxmatchiga qarshi g‘alaba qozongan. Ushbu musobaqada ko‘rsatilgan yuqori natija unga birinchi reyting ochkosini olish imkonini berdi. Shuningdek, o‘tgan oktyabr oyida Handva shahridagi Shri Dadaji Dhunivale Rapid Rating Open turnirda ham 1559 reytingga ega shaxmatchini mag‘lub etdi.
Noyabr oyida Sarvagya Chindvara va Indore shaharlarida bo‘lib o‘tgan ikki turnirda ham g‘alaba qozondi va bu uning reytingini yanada oshirdi. Ushbu natijalar natijasida u 1696 reytingli shaxmatchiga qarshi g‘alaba qozongan va o‘zining rasmiy rapid reytingiga ega bo‘ldi.
Sarvagya Singhning shaxmatdagi ijodi nafaqat uning oilasi uchun, balki butun Hindiston uchun katta faxrga aylandi. “Farzandimizning FIDE reytingiga ega bo‘lgan dunyodagi eng yosh shaxmatchi bo‘lgani biz uchun katta faxr va sharaf. Biz kelajakda uning grossmeyster bo‘lishini xohlaymiz”, deb aytidi Kushvahaning otasi Siddhart Singh.
Ma’lumot o‘laroq, avvalgi rekord 3 yosh 8 oy va 19 kunlik Anish Sarkarga tegishli bo‘lgan. Endi esa, Sarvagya Singh ushbu natijani yangilashga erishdi. Bu holat esa shaxmat olamida yangi ijodiy yosh avlodning kelajagi uchun yana bir umid uyg‘otmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.