date

Sayat Ilyasov Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Sayat Ilyasov Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Dubay shahrida 2-13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etmoqda. IBA tashkiloti sha’feligida o‘tkazilayotgan ushbu turnirda birinchi kun bahslaridan biri Sayat Ilyasov va falastinlik Anas Sleyman o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Kutilganidek, Sayat Ilyasov 63,5 kg vaznda raqibini aniq va ishonchli g‘alaba bilan mag‘lub etdi. Ilyasov 2 raund davomida faol harakat qilib, raqibini 3-raundga chiqishdan bosh torttirdi. Natijada, Sayat muvaffaqiyatli janggi bilan turnirdagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Bu kunlarda Jahon chempionatining navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Barcha yangiliklarni zamin.uz sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sayat Ilyasov Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi