
Rossiyada kichik shaharlar, yoshlarning yirik shaharlarga ommaviy ko‘chishi, infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmasligi va aholining keskin qarishi sababli jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Tahlillarga ko‘ra, bu omillar bir necha yil ichida yuzlab kichik shaharlarning xaritadan yo‘qolib ketishiga olib kelishi mumkin.
Yoshlar orasida yirik shaharlarga migratsiya kuchayib bormoqda. Bu ko‘chishlarning sabablaridan biri — kichik shaharlar iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan, zamonaviy xizmatlar esa juda kam. Yirik shaharlarda esa ta’lim, ish o‘rinlari va infratuzilma imkoniyatlari yaxshiroq rivojlangan, bu esa yoshlarni o‘zlariga yaqin joylarga ko‘chishga undamoqda.
Bundan tashqari, kichik shaharlarning aholisi qarib bormoqda. Bu holat esa hududda yashashni yanada qiyinlashtiradi, chunki yangi avlodning ko‘chib ketishi, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlar tugashi kichik shaharlarning kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.