Braziliyalik olim-biotexnologlar amerikalik hamkasblari ishtirokida sutida inson insulin oqsillarini ishlab chiqaradigan genetik modifikatsiyalangan transgen sigirni yaratdilar. Tadqiqot Biotechnical Journal (BTJ) ilmiy jurnalida chop etildi.
Jamoa 10 ta sigir embrionining hujayra yadrolariga proinsulinni (insulinga aylanadigan oqsil) kodlaydigan inson DNKsining o‘ziga xos segmentini joylashtirdi. Bu embrionlar oddiy sigirlarning qorniga joylashtirildi.
Ushbu genetik jihatdan o‘zgartirilgan embrionlardan faqat bittasi homilador bo‘lib, tirik transgen buzoqning tabiiy tug‘ilishiga olib keldi.
Sigir yetuklikka erishgandan so‘ng, biotexnologlar geni o‘zgartirilgan hayvonni sun’iy ravishda va hatto eski uslubda urug‘lantirishga ko‘p urinishlar qilishdi. Yondashuvlarning hech biri muvaffaqiyatli bo‘lmadi, ammo jamoaning ta’kidlashicha, bu embrionni yaratish usuli bilan bog‘liq, uning genetik modifikatsiyasi omili emas.
Oxir-oqibat tadqiqotchilar sigirni tajribaviy gormonal induksiya orqali sut ishlab chiqarishiga erishdi.
Hayvon homiladorlik davridan ko‘ra kamroq sut ishlab chiqardi, ammo ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus oqsillarni tahlil qilish uchun yetarli bo‘ldi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sutda inson insuliniga aylantirilishi mumkin bo‘lgan moddalar mavjud.
Tajriba mualliflarining fikricha, 100 bosh shunday sigirdan iborat poda AQSH kabi mamlakat ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda