date

Hindistonlik advokat texnik xato sababli “milliarder”ga aylandi

Hindistonlik advokat texnik xato sababli “milliarder”ga aylandi

Hindistonning Madhya-Pradesh shtatidagi Dxamnod shahrida yashovchi advokat va xususiy maktab egasi Vinod Dongl bir necha daqiqaga haqiqiy milliarderga aylangandek his qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘aroyib voqea yangi bank akkaunti ochilganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Dongl tizimga kirganida, hisobida 28,1 milliard rupiy (taxminan 3,5 million AQSh dollari) borligini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlagan.

“Men o‘zimni dunyodagi barcha lotereyalarni birvarakayiga yutgandek his qildim. Bu haqiqiy mo‘jiza edi,” — degan u kulib.

Bank tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobda Harsil Agro Limited kompaniyasining 1312 dona aksiyasi mavjud bo‘lgan va ularning har biri 21,4 million rupiy (258 ming dollar) qiymatida aks ettirilgan. Ya’ni, texnik xato sababli real narxlar o‘rniga yuzlab baravar yuqori qiymat ko‘rsatilgan.

Ammo baxtli “milliarder” maqomi uzoqqa cho‘zilmadi. Bir necha daqiqa o‘tib, xatolik tuzatildi, narxlar odatdagi holatga qaytarildi va Vinod Donglning boyligi raqamlar qatorida g‘oyib bo‘ldi.

Shunga qaramay, advokat bu hodisaga ijobiy qaragan. U uni “raqamli sehrning qisqa, ammo yoqimli lahzasi” deb atab, o‘z tajribasini kulib eslagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik advokat texnik xato sababli “milliarder”ga aylandi