«Manchester Siti» klubining yulduz hujumchisi Erling Holand yana bir qimmatbaho mashinaga ega bo‘ldi. 25 yoshli futbolchi o‘z garajiga 250 ming funt sterling qiymatdagi Lamborghini Huracán Sterrato modelini qo‘shdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Holand ushbu modelning yashil tusdagi variantini tanlagan. Ushbu Italiya sport avtomobili 602 ot kuchiga teng quvvatga ega bo‘lib, 100 km/soat tezlikka atigi 3,4 soniyada yetadi.
Lamborghini kompaniyasi bu eksklyuziv modeldan jami 1499 dona ishlab chiqargan. Shu sababli, Holandning yangi xaridi nafaqat tezligi, balki nodirligi bilan ham alohida e’tiborga sazovor.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, norvegiyalik to‘purar hozirgacha sport mashinalari uchun jami 10,5 million funt sterling sarflagan.
Bundan tashqari, Erling Holand vatandoshi, avtomobilsoz va milliarder Ole Ertvag bilan hamkorlikda yangi Bugatti Tourbillon modelini ham xarid qilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu superkarning bahosi taxminan 4 million funt sterlingni tashkil etadi.
Holandning avtomobillar kolleksiyasi futbol dunyosidagi eng qimmat va boy to‘plamlardan biri sifatida tilga olinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!