Xatolik ortidan 260 mahkum qamoqdan chiqib ketdi

1 daqiqa o'qish4K
Xatolik ortidan 260 mahkum qamoqdan chiqib ketdi

Buyuk Britaniyada qamoq tizimida yirik xato fosh bo‘ldi — bir yil ichida 260 dan ziyod mahkum noqonuniy ravishda ozod etilgan. Bu haqda “Sky News” telekanali hukumat statistikasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil martidan 2025 yil martigacha bo‘lgan davrda 233 kishi qamoqxonalardan, yana 29 nafar mahkum esa sud zallaridan xatolik sabab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 128 foizga ko‘p ko‘rsatkich hisoblanadi.

Fojiali holat efiopiyalik muhojir Xadush Kebatu ishidan keyin jamoatchilik e’tiboriga tushdi. U jinsiy jinoyat uchun hukm qilinganiga qaramay, deportatsiya jarayonida adashib ozod etilgan va keyin qochib ketgan. Keyinchalik uning Londonda ekani ma’lum bo‘lgan.

Kebatuning 14 yoshli qiz va bir ayolga nisbatan qilgan harakatlari ortidan Britaniya bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlangan. Fuqarolar hukumatdan muhojirlarni mehmonxonalarda joylashtirish amaliyotini to‘xtatishni talab qilmoqda.

Hozirda mamlakat bo‘ylab 210 ta mehmonxonada 32 mingga yaqin noqonuniy muhojir yashamoqda. “The Times” ma’lumotiga ko‘ra, bu tizim britaniyalik soliq to‘lovchilarga yiliga taxminan 4 milliard funt sterlingga tushmoqda. Hukumat 2029 yilgacha bu amaliyotni to‘liq bekor qilishni va’da bergan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, qamoqxona tizimidagi xatolik nafaqat byurokratik yetishmovchilik, balki mamlakatdagi muhojirlar siyosatidagi jiddiy muammolarni ham ochib berdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?