
Rossiya tungi hujumda Kiyev va Ukraina hududlariga raketa hamda dron zarbalari uyushtirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohat oldi. Hujumdan so‘ng bir nechta binolarda, jumladan bolalar bog‘chasida yong‘inlar chiqqani bildirildi.
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko bu zarbalar fuqarolik va energetika obyektlariga qaratilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qish mavsumida insonparvarlik inqirozini keltirib chiqarishga urinmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu zarbalar Ukraina harbiy-sanoat majmuasi va energetika infratuzilmasiga qaratilganini bildirdi. Shuningdek, Rossiya tomoni 121 ta Ukraina dronini urib tushirganini, shulardan yettitasi Moskvaga qarab uchayotganini aytdi.
Kiyevda katta tutun bulutlari ko‘tarilgan, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inlarni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Yil boshidan beri Rossiya 770 ta ballistik va 50 dan ortiq “Kindjal” raketasini uchirgan.
Ukraina havo kuchlari 9 raketaning 4 tasini va 62 drondan 50 tasini urib tushirdi. Shu bilan birga, mamlakat bo‘ylab 11 obyektga zarba berilgan. Rasmiylar aholiga hushyor bo‘lishni va xavfsizlik qoidalariga rioya etishni eslatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!