15:00 / 18.09.2024
83

Qirg‘iziston prezidentining jiyani uy qamog‘iga olindi

Qirg‘iziston prezidentining jiyani uy qamog‘iga olindi
Foto: “RIA Novosti”
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning hibsdagi jiyani Ulan Japarov uy qamog‘iga olindi. Bu haqda Bishkekning Pervomay tuman sudiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Qaror 24 avgust kuni qabul qilingan. Sud poytaxt bo‘yicha davlat xavfsizlik xizmati tergov bo‘limi tergovchisining iltimosnomasini qanoatlantirgan.

U.J.ga nisbatan ilgari qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tergov muddatiga, ya’ni 19 sentyabrga qadar uy qamog‘i bilan almashtirildi”, deyiladi qarorda.

Ulan Japarov 2023 yil huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining korrupsiya moddasi bo‘yicha hibsga olingandi. To‘rt oydan keyin u uy qamog‘iga qo‘yib yuborilgan.

Qolgan qarindoshlarim uchun saboq bo‘lsin”, degandi o‘shanda prezident Sadir Japarov.

2024 yilning iyul oyida prezident qarindoshi DXX tomonidan qo‘lga olingandi. Bu safar u og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblanmoqda, buning natijasida jabrlanuvchiga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Ulan Japarov Qirg‘iziston prezidentining amakivachchasi Raqimjon Japarovning o‘g‘li hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidentining jiyani uy qamog‘iga olindi