20:01 / 23.10.2024
23

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dastur qabul qilishga kelishib olingan.

Ikki mamlakatda Madaniyat va kino kunlarini, tibbiyot va sport sohalarida hamda yoshlar ishtirokida, shu jumladan yoshlarning parlament tashkilotlari doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish taklifi bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyevni ushbu sammitda ishtirok etishga Vladimir Putin taklif qilgan. O‘zbekiston prezidenti “BRICS plyus” formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi. Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.

BRICS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi