Foto: “TASS”
Moskvada 2025 yilda muhojirlar uchun patentlar narxi 8,9 ming rublni tashkil etadi, bu amaldagi qiymatdan deyarli 1,5 ming rublga qimmat. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyaninga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Muhim masala — migrantlar soliqlar nuqtayi nazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul to‘lashi lozim. Biz fuqarolarimizning oylik daromad solig‘i to‘lovlarini hisobga olamiz va buni ushbu toifa ishchilar bilan solishtiramiz.
Hozirda bizda patent uchun oylik to‘lov 7,5 ming rubl, aslida, bu daromad solig‘i bo‘yicha avans hisoblanadi. 1 yanvardan boshlab bu miqdor 8,9 ming rublni tashkil etadi”, dedi Sobyanin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish beruvchilarning migrantlar va Rossiya fuqarolariga sarflaydigan xarajatlarini tenglashtiradi.
“Bu mexanizm ancha oldin yaratilgan bo‘lib, u aynan migrantlar ish beruvchilarga fuqarolarimizga qaraganda arzonroq tushmasligini tartibga soladi”, deb tushuntirdi Moskva meri.
Sobyanin Moskvada berilgan mehnat patentlari sonida sezilarli o‘sish kuzatilmagani, u hozirda 450 mingga yaqinni tashkil etishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi