19:47 / 12.11.2024
23

Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasida qanday muammolarga to‘xtaladi?

Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasida qanday muammolarga to‘xtaladi?
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasiga tashrif buyurishidan asosiy maqsad nima? Jahon sammitida qayta qaysi muammolarga e’tibor qaratmoqchi? Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Sinchalak vlog”ga bergan intervyusida bu savollarga javob berdi.

Bu tadbirda hurmatli prezidentimizning qatnashishlaridan asosiy maqsad, albatta, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha O‘zbekistonda qilinayotgan ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha rejalarimiz haqida jahon hamjamiyatini xabardor qilishdir.

Bundan tashqari, respublikamiz global darajadagi eng katta ekologik fojiadan biri bo‘lmish Orol fojiasi hududida joylashgan va ushbu hududda amalga oshirilayotgan ishlar, u yerda odamlar hayotini yaxshilash va umuman olganda, turmush darajasini ko‘tarishga qaratilgan
”, deydi Sherzod Asadov.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston prezidentining oxirgi yillardagi harakatlari butun dunyo e’tirofida bo‘lyapti. Xususan, Bokudagi tadbirga tashrif buyurgan bir nechta ekspertlar Orolbo‘yi hududida qilinayotgan katta ishlar alohida e’tirof etgan.

Asosiy maqsadlardan biri bu konferensiyada yana bir bor jahon hamjamiyatining Orol fojiasiga e’tiborini qaratishdir.

Shu bilan birga, barcha davlatlarga tegishli bo‘lgan Parij iqlim shartnomasi bo‘yicha davlatlar o‘zlariga olgan majburiyatlarini yana bir bor eslatishdir. Bu majburiyatlardan chekinmagan holda, aksincha, olingan majburiyatlarni jahon hamjamiyati mas’uliyatli vakili sifatida O‘zbekiston doim bajarishini yana bir bor tasdiqlash”, deydi prezident matbuot kotibi.

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan rejalari bo‘lishiladi. Bu rejalar birinchi navbatda yashil energetikani rivojlantirish va xalqaro darajaga chiqqan “Yashil makon” kabi loyihalarni yana ham kengaytirishni o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, hurmatli prezidentimiz albatta ekologik masalalar kelajak avlod bilan bog‘liqligini hisobga olgan holda, yoshlarimizni ham ekologik maqsadlardan chetda qolmaslik bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari suradi” deydi Sherzod Asadov.

Uning bildirishicha, Shavkat Mirziyoyevning ekologik muammolar faqat bitta davlatning muammosi emas, balki umuman olganda, mintaqa darajasida global ta’sirga ega bo‘lgan muammolardan kelib chiqqan holda, uning yechimlarini ham birgalikda ishlab chiqib, birgalikda amalga oshirish kerak degan tashabbusi ilgari suriladi.

Bu tashabbuslar bo‘yicha, Ekologiya vazirligimiz va boshqa davlat idoralari, Tashqi ishlar vazirligi, xususan keyinchalik ham xalqaro hamkorlar bilan yo‘l xaritalarini ishlab chiqib, bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida ishtirok etish uchun 11 noyabr kuni Ozarbayjon poytaxtiga tashrif buyurdi.

COP29 doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanishga qarshi kurashish, ekologik ta’limni rivojlantirish hamda iqlim kun tartibini ilgari surishda yoshlarning o‘rniga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbirlar o‘tkaziladi.

O‘zbekistonning maxsus tashkil etilgan Milliy pavilonida Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bioxilma-xillikni asrash va boshqa yo‘nalishlarda 20 dan ortiq qo‘shimcha tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

COP (Conference of the Parties) — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasi. Bu BMT tomonidan har yili o‘tkaziladigan yig‘ilish bo‘lib, unda iqlim o‘zgarishi bilan qanday kurashish va uning oqibatlariga qanday moslashish kerakligi muhokama qilinadi. Tomonlar 1992 yilda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasini (UNFCCC) imzolagan davlatlardir. COP'ning birinchi konferensiyasi 1995 yil mart oyida Berlinda o‘tkazilgan.

BMT xalqaro iqlim konferensiyasi 2023 yilda Dubayda dekabr oyida bo‘lib o‘tgandi. Unda dunyoning 140 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekistonga Markaziy Osiyo davlatlari ichidan birinchi bo‘lib so‘z berildi. Shavkat Mirziyoyev konferensiyada O‘zbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasida qanday muammolarga to‘xtaladi?