19:30 / 20.11.2024
6

Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar berishga rozi bo‘ldi

Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar berishga rozi bo‘ldi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar berish so‘rovini ma’qulladi. Kiyev ulardan tinch aholi yashaydigan hududlarda foydalanmaslik majburiyatini olgan. Bu haqda AQSH rasmiysiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Qo‘shma Shtatlar Ukrainani shu kunga qadar tankga qarshi minalar bilan ta’minlab kelgan. Piyodalarga qarshi minalar esa kichik guruhlardan tashkil topgan Rossiya hujum otryadlarini to‘xtatishi kutilmoqda. Bu ayniqsa shahar janglarida asqotishi mumkin.

Reuters suhbatlashgan manbaning ta’kidlashicha, AQSH minalari Rossiyanikidan farq qiladi. Boisi ular doimiy faol emas. Batareya quvvati tugashi bilan harakatsiz holatga o‘tadi, dedi ismi sir qolishini istagan rasmiy.

Ukraina AQSH qurollari bilan Rossiyaga zarba bera oladi

17 noyabr kuni The New York Times gazetasi va Reuters agentligi manbalarga tayanib, AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga AQSH tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali ATACMS raketalaridan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat bergani haqida xabar berdi. Davlat departamenti 18 noyabr kuni kechqurun bu ma’lumotni “hozircha tasdiqlay olmasliklarini” ma’lum qildi.

19 noyabr kuni AQSH davlat departamenti vakili Brayan Nikols Vashington Ukrainaga ATACMS raketalari yordamida Rossiya hududiga hujum qilishga ruxsat berganini rasman tasdiqladi. Shu kuni Ukraina ilk bor mazkur raketalar bilan Bryans viloyatidagi harbiy obyektga zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotni tasdiqladi. Bayden maslahatchilarining ATACMS'dan foydalanish bo‘yicha fikrlari turlicha. Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan keyin Baydenning bu qarorini bekor qiladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.

ATACMS — uzoq masofaga zarba beruvchi boshqariladigan raketa bo‘lib, u qo‘mondonlarga jangovar maydonni shakllantirish uchun zudlik bilan o‘t ochish imkonini beradi. U og‘irligi 500 funt bo‘lgan WDU18 toifasidagi fragmentar-fugasli jangovar kallak bilan jihozlangan. Maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi. ATACMS 1980 yillarda ishlab chiqilgan va birinchi marta 1991 yilda Fors ko‘rfazi urushi paytida ishlatilgan. O‘shandan beri u turli qurolli mojarolarda, jumladan, Iroq urushi va Rossiya—Ukraina urushida faol ishlatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar berishga rozi bo‘ldi