date

"Titanik" fojiasi: dunyoni larzaga solgan halokat

"Titanik" fojiasi: dunyoni larzaga solgan halokat

1912 yilning 15 aprel kuni dunyo tarixidagi eng mashhur dengiz falokatlaridan biri yuz berdi — Titanik layneri Atlantika okeanida aysbergga urilib, cho‘kib ketdi. Bu kema o‘sha davrdagi eng yirik, eng zamonaviy va “cho‘kmas” deb e’lon qilingan dengiz transporti edi.

"White Star Line" kompaniyasi tomonidan qurilgan ushbu layner Sautgempton (Angliya) portidan Nyu-York (AQSH) shahriga ilk qatnovini amalga oshirayotgan paytda halokatga uchradi. Unda faqatgina boy insonlar emas, balki yangi hayot izlab borayotgan minglab muhojirlar ham bor edi.

Aniq faktlar va raqamlar:

  • "Titanic" bortida jami 2 224 nafar kishi bo‘lgan;
  • Ulardan 1 500 nafarga yaqini halok bo‘lgan;
  • Faqat 705 nafar odam tirik qolgan;
  • Kema 269 metr uzunlikda, 28 metr kenglikda bo‘lgan;
  • 20 ta qutqaruv qayig‘i bor edi — bu to‘liq ekipaj va musofirlarni qutqarishga yetarli emasdi;
  • Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 3-sinf yo‘lovchilar orasida eng ko‘p qurbonlar qayd etilgan;
  • Kemada jami 900 nafar xizmatchi va ekipaj a’zolari faoliyat yuritgan;
  • Titanikdagi muzikachilar halokat paytida odamlarni xotirjam qilish uchun oxirgi daqiqalargacha musiqa chalishgan;
  • Kema aysbergga soat 23:40 da urilgan, to‘liq cho‘kishi esa taxminan 02:20 da sodir bo‘lgan (3 soatdan kam vaqt ichida).

Bu halokat nafaqat ko‘plab insonlar hayotiga zomin bo‘ldi, balki keyinchalik dengiz xavfsizligi bo‘yicha xalqaro me’yorlarni qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘ldi. 1914 yilda Xalqaro Dengiz Xavfsizligi Konvensiyasi qabul qilindi, va qutqaruv qayiqlari soni majburiy tarzda oshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Titanik" fojiasi: dunyoni larzaga solgan halokat