
Tibbiyot dunyosida so‘nggi yangiliklar yana bir bor barchani hayratda qoldirdi: xitoylik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan yangi virusli terapiya saratonga qarshi kurashda haqiqiy inqilob bo‘lishi kutilyapti, deb xabar berdi sciencealert.com.
Yangi davolash mexanizmi organizmda faqat saraton hujayralarini aniqlab, aynan shu hujayralarni maqsadli ravishda yo‘q qiladigan virusdan foydalanishga asoslangan. Bu biotexnologik yutuq allaqachon to‘rtta bemorda amalda sinab ko‘rildi va ularda ijobiy natijalar qayd etildi. Olimlar bu usul hozirgi mavjud tibbiy standartlardan to‘rt baravar arzon va xavfsizroq ekanini ta’kidlashmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, virusli terapiyaning bir kursi taxminan 130 000 dollarga tushadi. Bu esa jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda qon saraton kasalligidan aziyat chekayotgan bemorlar uchun yangi imkoniyat eshigini ochishi mumkin.
E’tiborli jihati, virusli terapiya nafaqat saraton, balki astma va otoimmyun (immun tizimiga bog‘liq) kasalliklarni davolashda ham samarali bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Ilmiy tajribalarda, immunitet tizimidagi muvozanatni tiklash, yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish kabi natijalar qayd etildi.
Muttaxassislar fikricha, bu yangilik dunyo tibbiyotida yangi sahifa ochishi mumkin: saraton va boshqa og‘ir kasalliklarga qarshi muvaffaqiyatli kurashish imkoni yaqqol sezilyapti. Yana bir muhim jihat – virusli terapiyaning yaqqol afzalligi – organizm uchun xavfli bo‘lgan dori va kimyoviy moddalardan foydalanish ehtiyoji ancha kamayadi.
Qisqasi, xitoylik olimlar kashfiyoti kelajakda nafaqat saraton, balki avtoimmun va allergik kasalliklarni davolashda ham inqilobiy natijalar olib kelishi mumkin. Bu esa dunyoda millionlab insonlar hayoti uchun yangi umid va samarali yechim demakdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar