
Isroilning 600 nafardan ortiq sobiq xavfsizlik xodimlari, jumladan Mossad va Shin Bet rahbarlari AQSh prezidenti Donald Trampga ochiq maktub yo‘llab, G‘azodagi urushni zudlik bilan to‘xtatishga yordam berishni so‘rashdi.
Ularning fikricha, Hamas endi Isroil uchun strategik tahdid emas, urush esa o‘zining adolatli asoslarini yo‘qotgan.
“Sizning isroilliklar orasidagi obro‘yingiz hukumatni to‘g‘ri qarorga undashi mumkin: urushni to‘xtating, asirlarni qaytaring, azobni tugating,” — deyiladi maktubda.
Ushbu murojaat, G‘azodagi harbiy amaliyotlar kengayotgan bir paytda, xalqaro hamjamiyat va jamoatchilik bosimi kuchayib borayotgan pallada e’lon qilindi.
Urush boshlanganidan buyon 60 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, yuzlab bola ochlikdan nobud bo‘lgan. BMT vaziyatni "ocharchilikning eng yomon ssenariysi" deb atadi.
Sobiq amaldorlar Donald Trampni Livan urushida qilgan aralashuvini eslatib, endi G‘azoda ham tinchlikka hissa qo‘shishga chaqirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar