Xitoyning eng yirik quyosh energetika kompaniyalari o‘tgan yili ishchilari sonini keskin qisqartirdi. Longi Green Energy, Trina Solar, Jinko Solar, JA Solar va Tongwei jami 87 ming ishchini, ya’ni ishchi kuchining 31 foizini qisqartirgan.
Bu yo‘qotishlar Xitoyda quyosh panellari ishlab chiqarishda yuzaga kelgan ortiqcha quvvat, talabning pasayishi va narxlar urushi tufayli yuz bermoqda. Dunyoda har yili ishlab chiqarilayotgan quyosh panellarining yarmidan ko‘pi ishlatilmay qolmoqda, ularning aksariyati Xitoyda tayyorlanadi.
Ekspertlar bu qisqartirishlar ish haqi kamayishi, soatlar qisqarishi yoki ko‘ngilli ketishlar orqali amalga oshirilganini taxmin qilmoqda.
2024-yildan buyon 40 dan ortiq quyosh kompaniyalari bankrotga uchragan, yopilgan yoki sotilgan. Sanoat o‘tgan yili 60 milliard dollar zarar ko‘rgan.
“Bu holat o‘ziga xos — bir yarim yil davomida butun sanoat foydasiz ishlaganiga ilk bor guvoh bo‘lyapmiz,” — deydi Jefferies tahlilchisi Alan Lau.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!