date

Tailandlik Opal Suchata Chuangsri “Dunyo go‘zali 2025” tojini qo‘lga kiritdi

Tailandlik Opal Suchata Chuangsri “Dunyo go‘zali 2025” tojini qo‘lga kiritdi
Haydarabod, Hindiston — 2025 yilgi “Dunyo go‘zali” xalqaro go‘zallik tanlovi natijalari e’lon qilindi. Bu yilgi tadbir Hindistonning janubiy shahri Haydarabodda bo‘lib o‘tdi va unda Tayland vakili Opal Suchata Chuangsri g‘olib deb topildi, deya CNN xabar bermoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyo bo‘ylab 108 nafar go‘zal ishtirok etdi. Finalda Efiopiyalik Hasset Derej Admasu birinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi.

Bu yil 72-marotaba tashkil etilgan tanlovni 2016 yilgi “Dunyo go‘zali” g‘olibasi Stefani del Valle va hindistonlik mashhur boshlovchi Sachin Kumbar olib bordi.

Aytish joizki, Hindiston ketma-ket ikkinchi yil ushbu xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. Hindiston sharafini himoya qilgan Nandini Gupta finalgacha yetib bordi va so‘nggi 20likka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Hindiston “Dunyo go‘zali” tanlovi tarixida muvaffaqiyatli qatnashuvchilarga boy. Mamlakatdan olti nafar go‘zal bu unvonni qo‘lga kiritgan:

1. Reyta Fariya (1966)
2. Ayshvariya Ray (1994)
3. Diana Hayden (1997)
4. Yukta Muqxiy (1999)
5. Priyanka Chopra (2000)
6. Manushi Chxillar (2017)

"Dunyo go‘zali” tanlovi nafaqat tashqi go‘zallik, balki aql-zakovat, ijtimoiy faollik va insonparvarlik ishlariga bo‘lgan sadoqatni ham baholaydi. G‘oliblar butun dunyo bo‘ylab turli xayriya tadbirlarida ishtirok etadi, jamoatchilik bilan muloqotda bo‘ladi va muhim ijtimoiy tashabbuslarni ilgari suradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandlik Opal Suchata Chuangsri “Dunyo go‘zali 2025” tojini qo‘lga kiritdi