Foto: Reuters
Rossiya oʻzining valyuta zaxiralari muzatilganidan keyin xorijdagi operatsiyalarini Amerika sanktsiyalarini chetlab oʻtgan holda moliyalashtirish uchun Turkiyada «ofshor dollar zaxirasini» yaratishga uringan. Bu haqda The Wall Street Journal oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Gazeta suhbatdoshlarining ma'lumotlariga koʻra, sxema quyidagicha ishlashi kerak boʻlgan: Rossiya va Turkiya oʻsha vaqtda hali sanktsiyalar ostida boʻlmagan Gazpombank «Akkuyu» atom elektr stantsiyasini qurish uchun 9 milliard dollarga yaqin kredit taqdim etishiga kelishib oladi (AES qurilishida sanktsiyalarga uchramagan «Rosatom» ishtirok etadi). Pullar Turkiyaning eng yirik davlat banki — Ziraat Bank’ka kelib tushishi va shu bankda hisobraqami bor Rossiya kompaniyalariga yuborilishi kerak edi. Mazkur kreditni yashirin ravishda Rossiya banki moliyalashtirilishi kutilgan. WSJ’ning yozishicha, bunday sxema AQShga mablagʻ kiritish va ularni olib chiqish zaruratini bartaraf etishga xizmat qilgan.
Natijada, Rossiya tomoni Amerikaning JPMorgan va Citigroup banklari orqali 5 milliard dollardan ziyod mablagʻ oʻtkazishga ulguradi. 2022 yil yozida Gazprombank AESning Ziraat Bank’dagi hisobiga 3 milliard dollar yuboradi. Shundan keyin AQSh Adliya vazirligi JPMorgan bilan bogʻlanib, keyingi 2 milliard dollarlik transhli bloklaydi va mablagʻlar muzatiladi.
2024 yilda prokurorlar fuqarolik da'vosini kiritish orqali mazkur mablagʻlarni musodara qilish yoʻlini qidirishni boshlaydi, ammo Oq uy bu Anqara bilan munosabatlarni yomonlashtirishi va AQShning Turkiya bilan barcha masalalar boʻyicha hamkorligiga putur etkazishidan xavotirga tushadi. Natijada, musodara jarayoni Bayden ma'muriyati tomonidan toʻxtatiladi.
WSJ manbalarining ta'kidlashicha, valyuta zaxiralari muzlatilganidan keyin 2022 yil fevralda Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina va davlat korporatsiyasi ushbu mablagʻlardan foydalanish yoʻlini topish boʻyicha Kremldan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatma oladi. Shuningdek, AQSh ushbu sxemaga Rossiyaning boshqa yuqori martabali amaldorlari va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning asosiy yordamchilaridan biri, Milliy razvedka boshligʻi Ibrohim Kalinni ham aloqadorlikda gumonlagan.
«Rosatom» matbuot xizmati AES uchun ajratilgan barcha mablagʻlar loyihani moliyalashtirish, pudratchilarga toʻlovlar, Turkiyadagi boshqa ijtimoiy va moliyaviy majburiyalar uchun sarflanganini bildirgan. Rossiya banki, Gazprombank va Ziraat Bank esa yuqoridagi sxemaga aloqador savollarga javob bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar