date

Toshkent avtobusida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Toshkent avtobusida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ro‘y bergan noxush holat yuzasidan sud keskin chora ko‘rdi: avtobusda voyaga yetmagan qizga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 25-noyabr kuni 2000-yilda tug‘ilgan Sh.J. Yunusobod tumanida Bog‘ishamol ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusda 2007-yilda tug‘ilgan O.A.ga nisbatan nomaqbul harakat sodir etgan — uning tanasiga tegib, shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sud jarayonida erkak aybini inkor qilgan. U o‘zini oqlab, avtobus burilayotganda “chayqalib ketgani”, qo‘li esa jabrlanuvchiga “tasodifan tegib qolgani”ni aytgan. Biroq jabrlanuvchi qiz holatdan qo‘rqqanini, ayblanuvchining qo‘l panjalari ochiq holatda qasd bilan unga qaraganini ko‘rganini va holatdan qo‘rqib, gapirolmay qolganini, shunda ayblanuvchini o‘zining telefoniga suratga olganini, Sh.J. avtobus to‘xtashi bilan tushib qolganligini bildirgan.

Yunusobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi barcha dalillarni o‘rganib, Sh.J.ni Ma’muriy javobgarlik kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini belgiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent avtobusida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi