O‘zbekiston Portugaliya bilan o‘ynamaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston Portugaliya bilan o‘ynamaydigan bo‘ldi
Qisqacha

2026 yilgi Jahon chempionatida O'zbekiston "K" guruhiga tushdi va Purtugalya hamda Kolumbiya kabi kuchli jamoalar bilan o'ynaydi. Marts oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekiston va Purtugalya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi, chunki FIFA reglamentiga ko'ra, bir guruhda o'ynaydigan jamoalar o'zaro o'rtoqlik o'yinlari o'tkazolmaydi. Bu qaror kutilmagan bo'lsa-da, o'yinchilar uchun yangi taktik yechimlarni sinab ko'rish imkoniyati ochiladi.

Vashington shahrida o‘tgan ta’rifga loyiq marosim – 2026 yilgi Jahon chempionati qur’asi – nafaqat futbol dunyosida, balki o‘zbekistonlik muxlislar orasida ham katta shavqin-suron uyg‘otdi. Mundial debyutiga tayyorlanayotgan terma jamoamizning taqdiri ham ana shu kechada ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston "K" guruhiga tushib, u yerda Portugaliya va Kolumbiya kabi jahon futbolining yirik kuchlariga qarshi maydonga tushishi aniqlashdi. Uchinchi raqib esa qit’alararo pley-off orqali mart oyida ma’lum bo‘ladi.

Qur’adan keyingi qiziqarli vaziyatlardan biri — O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida mart oyiga belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvining bekor qilinishi bo‘ldi. Championat.asia yozishicha, ikki federatsiya avvalroq to‘liq kelishuvga erishgan va o‘yin uchun barcha shartlar muvofiqlashtirilgan edi.

Biroq kechagi qur’adan keyin bu uchrashuvni o‘tkazish imkoni qolmadi. Chunki FIFA reglamentiga ko‘ra, jahon chempionatida bir guruhda o‘ynaydigan jamoalar turnir oldidan o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaza olmaydi. Shu bois Portugaliya ham, O‘zbekiston ham mart oyida o‘zlariga yangi raqib topishiga to‘g‘ri keladi.

Bu qaror kutilmagan bo‘lsa-da, o‘yinchilar uchun yangi taktik yechimlar sinab ko‘rish imkoniyati ochiladi. Terma jamoa shtabining so‘zlariga ko‘ra, mart oyida o‘tkaziladigan o‘yinlar mundialga tayyorgarlikning muhim qismi bo‘lib qoladi.

Qisqa qilib aytganda — qur’adan keyin kalendar ham o‘zgardi, rejalar ham yangilandi. Lekin muxlislar kayfiyati bir xil: 2026-yilning yozini katta umid bilan kutyapmiz.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar