
EF English Proficiency Index reytingiga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari orasida ingliz tilini eng yuqori darajada biladigan davlatlar ro‘yxati yangilandi. Qizig‘i shundaki, Niderlandiya ketma-ket yetti yil davomida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni saqlab kelmoqda. Bu mamlakat aholisi ingliz tilidan foydalanishda erkinlik va aniqlik borasida barqaror peshqadam ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Reytingda Niderlandiyadan keyingi o‘rinlarni Xorvatiya va Avstriya egalladi. Mazkur davlatlarda ham ingliz tili keng qo‘llanilishi, ta’lim va ish muhitida uning dolzarbligi yuqori ekanligi qayd etilgan.
Shu bilan birga, Italiya, Kipr va Fransiya kabi mamlakatlar o‘rtachadan yuqori bo‘lmagan darajada qolmoqda. Tahlilchilar bu xolatni ta’lim metodikasi, aholining yosh tarkibi va tildan foydalanish amaliyoti bilan bog‘lamoqda.
Tadqiqot 2,2 million kattalar ishtirok etgan test natijalariga asoslangan. Unga ko‘ra:
-o‘qish va tinglash — eng kuchli ko‘nikmalar,
-gapirish va yozish — nisbatan pastroq darajada ekani aniqlangan.
Qiziq bir jihat: 2014–2025-yillar davomida erkaklar til bilish darajasi 40 ballga, ayollarning ko‘rsatkichi esa 20 ballga oshgan. Ammo yoshlar orasida pandemiyadan keyin til bilish qobiliyatida pasayish kuzatilgan — bu esa onlayn ta’lim va kamaygan amaliy muhit ta’siri bilan izohlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.