O‘zbekiston Rossiya makaroni importni sezilarli darajada oshirdi

1 daqiqa o'qish905
O‘zbekiston Rossiya makaroni importni sezilarli darajada oshirdi

Rossiya makaron mahsulotlari eksporti 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida keskin o‘sdi. Federal eksport markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat tashqi bozorlarga 154 million dollarlik makaron yetkazib bergan — bu o‘tgan yilga nisbatan 21 foiz ko‘p demakdir.

Asosiy xaridorlar orasida har doimgidek qo‘shni davlatlar oldinda. Belarus 35 foizlik ulush bilan birinchi o‘rinni egallab, yili davomida 54 million dollarlik mahsulot sotib olgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yildan 43 foiz yuqori.

Qozog‘iston ham yuqori talabni saqlab qolgan — 36 million dollarlik import qayd etilgan. O‘sish sur’ati katta bo‘lmasa-da, 1 foizga baribir oshgan.

O‘zbekiston esa kuchli uchlikni yakunlab, 16 million dollarlik makaron xaridi bilan o‘z import hajmini 19 foizga ko‘paytirgan. Mamlakatdagi barqaror talab Rossiya mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish ortganini ko‘rsatadi.

Eksport tarkibida asosiy ulushni qadoqlanmagan makaronlar egallab, umumiy tushumning qariyb 63 foizini tashkil etgan. Tuxumsiz pishirilmagan makaron esa 32 foizlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

Federal agroeksport markazi rahbari Ilya Ilyushinning ta’kidlashicha, makaron mahsulotlariga bo‘lgan yuqori talab, Rossiyadagi zamonaviy ishlab chiqarish bazasi va mahsulot turlarining yangilanib borishi eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirayotgani bilan izohlanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?