Parij dunyodagi eng yaxshi turistik shahar deb topildi

2 daqiqa o'qish222
Parij dunyodagi eng yaxshi turistik shahar deb topildi

“Euromonitor International” hisobotiga ko‘ra, Parij 2025 yilgi dunyodagi eng yaxshi turistik yo‘nalishlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Shahar 18 milliondan ortiq xalqaro sayyohni qabul qilib, rivojlangan infratuzilmasi, madaniy muhiti va barqaror rivojlanish tashabbuslari bilan yetakchilikni mustahkamladi. Notr-Dam soborining qayta ochilishi va PSJning Chempionlar ligasidagi g‘alabasi esa turistlar oqimiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Reytingdagi kuchli beshlik o‘zgarmagan: Madrid ikkinchi, Tokio uchinchi, Rim to‘rtinchi va Milan beshinchi o‘rinni egalladi. Madrid barqarorlik va shahar infratuzilmasini yangilashdagi loyihalari bilan alohida e’tirof etilgan, Tokio esa yirik tadbirlar va servislarni modernizatsiya qilish hisobiga o‘z mavqeini saqlab qoldi. Rim va Milan mehmonxonalar soni, infratuzilma va biznes markaz sifatidagi rivoji bilan ajralib turdi.

Kuchli o‘ntalikda faqat bitta Amerika shahri — Nyu-York (6-o‘rin). Amsterdam 7-o‘rin, Barselona 8-o‘rin, Singapur 9-o‘ringa ko‘tarilgan. Seul birinchi marta kuchli o‘ntalikka kirdi.

Shu bilan birga, London 13-o‘rindan 18-o‘ringa tushib ketdi. Sababi — barqarorlik, xavfsizlik va mehmondo‘stlik bo‘yicha past ko‘rsatkichlar.

Sayyohlar oqimi bo‘yicha yetakchilar

Xalqaro tashriflar bo‘yicha Bangkok dunyoning eng ommabop yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Hatto 7 foizlik kamayishga qaramay, shahar infratuzilmasi va raqamli xizmatlari tufayli yetakchilikni saqlab qoldi. Gonkong va London mos ravishda 2 va 3-o‘rinni egalladi. Makao va Istanbul kuchli beshlikka kirdi, ulardan keyin Dubay, Makka, Antalya, Parij va Kuala-Lumpur joylashdi.

Turizmda texnologik o‘sish

Dubay raqamli xizmatlar va marketing bilan ustunlikni saqlayotgan bo‘lsa, Orlando ichki turizm va yangi parklar hisobiga Nyu-Yorkdan oshib o‘tdi. Hisobotda Nyu-Yorkning aqlli shahar texnologiyalarini joriy etishi, Abu-Dabining AIdan foydalanishi, Bangkokda raqamli kirish kartalari tatbiq etilishi qayd etilgan.

Ekspertlarga ko‘ra, shaharlar endilikda “miqdor emas, sifat” tamoyilini asos qilib, ko‘proq sarf-xarajat qiladigan va mas’uliyatli sayyohlarni jalb qilishga o‘tayotgani kuzatilmoqda.

Infratuzilma va investitsiyalar

Rim, Tokio va Parijda mehmonxonalar segmenti tez rivojlanmoqda, aeroportlar kengaytirilmoqda. Batumi esa bir necha yildan beri “Yevropaning yil manzili” nomini saqlab kelmoqda. Goniodagi Wyndham Grand kabi ulkan loyihalar Gruziya turizmini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Euromonitor vakili Nadejda Popovaning ta’kidlashicha, “shaharlar investitsiya, innovatsiya va raqamli texnologiyalarni jamlagan holda yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda”.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?