
Qozog‘istonning Olmaota shahrida mamlakatning eng intizorlik bilan kutilgan tadbirlaridan biri — “Miss Qozog‘iston-2025”ning finali o‘tkazilib, mamlakat bo‘ylab saralangan 20 go‘zal bir-biri bilan raqobatga kirishdi. Tantanali kecha shaharning nufuzli restoranlaridan birida bo‘lib, podium namoyishlari, turli uslubdagi chiqishlar va ijodiy sahnalar bilan boyitildi.
Bu yilgi milliy tojning sohibasi 22 yoshli chimkentlik Alina Yekaterinecheva bo‘ldi. U tanlov finalida o‘zining saxna madaniyati, ishonchli harakatlari va tabiiy jozibasi bilan ajralib turdi. Alina endi Qozog‘istonni “Koinot go‘zali-2026”da namoyish etadi.
Ijodkor oilada o‘sgan Alina uch yoshidan raqsga muhabbat qo‘ygan. Oradan yillar o‘tgan sari u o‘nlab sahnalarda chiqish qilgan, 14 yoshida esa modellik dunyosiga kirib kelib, Guess va Constella kabi mashhur brendlar uchun podiumda yurdi. Shunga qo‘shimcha, u huquqshunoslik bo‘yicha ham tahsil olgan.
Tanlovda yana bir qator mukofotlar ham o‘z egallarini topdi:
- Shodiyora Baykenova — “Dunyo go‘zali Qozog‘iston-2025”, u 2027 yilgi xalqaro finalda qatnashadi.
- Anel Yemel — “Miss Grand International Qazaqstan-2025”, 2026 yilgi jahon finali yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
- “Vitse-Miss Qozog‘iston-2025” unvoni Dilnoz Sarsenbayga topshirildi.
- “2-vitse-Miss” deb Kamila Dauletova tan olindi.
- Xalq tanlovi g‘olibi sifatida Alina Nurahmedova e’lon qilindi.
Go‘zallik tanlovi hamisha yurtda katta qiziqish uyg‘otadi. Bu yilgi final ham istisno bo‘lmadi — drama, his-tuyg‘u va yangi yulduzlar bilan to‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.