date

Qirg‘izistonda erkak xotinini urib o‘ldirdi

Qirg‘izistonda erkak xotinini urib o‘ldirdi

Qirg‘izistoning Chuy viloyatida sodir bo‘lgan navbatdagi oilaviy zo‘ravonlik voqeasi jamoatchilikni yana bir bor o‘yga soldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 47 yoshli ayol eridan ko‘rgan shafqatsiz zo‘ravonlik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, 4 dekabr kuni So‘quluq tumanidan kelib tushgan murojaat asosida tergov guruhi Blijniy Orol qishlog‘iga yetib borgan. U yerda 1978 yilda tug‘ilgan ayolning jasadi topilgan. Dastlabki ko‘rikda uning tanasida ko‘plab ko‘karishlar, ezilgan joylar va kuchli zarbalar izlari aniqlangan. Marhuma o‘likxonaga yuborilib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi va takror zarbalar tufayli yuzaga kelgan bosh terisi shikastlari sabab bo‘lgan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, fuqaro bir kun avval spirtli ichimlik iste’mol qilgan eri tomonidan shafqatsiz kaltaklangan.

Qonunchilikka muvofiq, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 130-moddasi (badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 1969 yilda tug‘ilgan erkak – marhumaning turmush o‘rtog‘i – qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hozirda sudgacha tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi o‘ta og‘ir voqealar oldin ham qayd etilgan. Yaqinda Qozog‘istonda Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning sobiq maslahatchisi Yerjan Boboqumarov ham kaltaklab o‘ldirilgani haqida ma’lumot tarqalgandi.

Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash bugungi kunda mintaqa uchun dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar bunday holatlarni erta aniqlash, huquqiy himoyani kuchaytirish va aholining ongini oshirish zarurligini qayd etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda erkak xotinini urib o‘ldirdi