date

Tramp Isroilning G‘arbiy sohilni qo‘shib olish rejasiga qarshi chiqdi

Tramp Isroilning G‘arbiy sohilni qo‘shib olish rejasiga qarshi chiqdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroilning Iordan daryosi G‘arbiy sohilidagi ishg‘ol qilingan hududlarni anneksiya qilish g‘oyasini qat’iy rad etdi. Amerika rahbari 25 sentyabr, payshanba kuni Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu masala yuzasidan o‘z pozitsiyasini aniq ifoda qildi.

«Isroilning G‘arbiy sohilni qo‘shib olishiga hech qachon yo‘l qo‘ymayman. Yo‘q, bu holat ro‘y bermaydi. Bu jarayonga chek qo‘yish vaqti keldi», — deya Trampning so‘zlarini NBC News keltirdi.

Oq uy yetakchisiga jurnalistlar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan bu mavzuda suhbat qurgan-qurmaganini so‘rashdi. Tramp esa: «U bilan gaplashdimmi yoki yo‘qmi, bu muhim emas. Bir narsani aniq aytaman — Isroilning G‘arbiy sohilni anneksiya qilishiga ruxsat bermayman», deb javob qaytardi.

Mavzu G‘arb davlatlari — Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyaning Falastinni rasman davlat sifatida tan olishi fonida yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Shu bois, Vashingtonning bu pozitsiyasi xalqaro maydonda katta qiziqish uyg‘otdi.

Trampning bayonoti, ayniqsa, AQSH va Isroil munosabatlarida yangi bosqich boshlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Chunki Amerika rahbari birinchi bor ochiq-oydin tarzda anneksiya g‘oyasini rad etdi va bu borada o‘zining qat’iy nuqtayi nazarini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Isroilning G‘arbiy sohilni qo‘shib olish rejasiga qarshi chiqdi