Yaponiyada amaldorlar endi shortik ham kiyishi mumkin

Yaponiya hukumati davlat xizmatchilari uchun kiyinish qoidalarini yumshatib, ularga ishga polo, krossovka va hatto shortiklarda kelishga ruxsat berdi. Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad yozgi issiqda konditsionerlardan foydalanishni kamaytirish orqali elektr energiyasini tejashdir. Mazkur yangilik mamlakatda avvaldan amal qiluvchi “Cool Biz” dasturining davomi bo‘lib, ish jarayonida qulaylik yaratish bilan birga ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Tokio hukumati davlat idoralari xodimlari uchun yanada erkin va zamonaviy kiyinish uslubini joriy qildi.
Yangi tartibga koʻra, amaldorlarga polo, futbolka, krossovka va ayrim hollarda shortik kabi qulay kiyimlarda ishlashga ruxsat berildi.
Bu qarorning asosiy maqsadi — yozgi issiqda konditsionerlardan kamroq foydalanish orqali energiya sarfini qisqartirishdan iborat.
Mutaxassislar bunday yondashuv nafaqat qulaylikni oshirish, balki ekologik samaradorlikka ham xizmat qilishini taʼkidlamoqda.
Qayd etilishicha, mazkur oʻzgarish Yaponiyada ilgari joriy etilgan “Cool Biz” dasturining kengaytirilgan shakli hisoblanadi.































Izohlar 0
…