date

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik terrorizmda gumon qilinmoqda


Janubiy Koreyada 29 yoshli o‘zbekistonlik talaba qo‘lga olindi. Chosun nashrining xabariga ko‘ra, u Afrikada quduqlar qazish xayriya loyihasi niqobi ostida mablag‘ yig‘ib, ularning bir qismini HAMAS hamda «Al-Qoida» bilan bog‘liq guruhlarga o‘tkazgan.

Shuningdek, gumondor ijtimoiy tarmoqlarda soxta sahifalar yaratib, ekstremistik postlar va urushga chorlovchi chaqiriqlar e’lon qilgan. Mablag‘lar ikki yo‘l bilan yig‘ilgan — kriptovalyuta orqali va naqd pul shaklida, buning uchun u vatandoshlar uchun futbol klubi tashkil qilgan.

Endilikda unga o‘n yilgacha qamoq jazosi va yirik miqdorda jarima solinishi mumkin. Tergov davom etmoqda.

Politsiya uning sheriklari bo‘lgani yoki yig‘ilgan mablag‘lar yana qayerga yuborilganini o‘rganmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik terrorizmda gumon qilinmoqda