
Noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga bir martalik 1 million so‘m miqdorida moddiy yordam to‘lanmoqda. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Ushbu tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va isitish mavsumi oldidan moliyaviy yukni yengillashtirishga qaratilgan. Inson ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari maxsus flayerlar tarqatib, fuqarolarga yordam olish tartibini, oylik kompensatsiyalar haqida ma’lumot berib, gaz va elektr energiyasini tejash bo‘yicha maslahatlar bermoqda.
Moddiy yordam olish uchun arizalar 1-oktyabrgacha qabul qilingan bo‘lib, ular “Mahalla yettitaligi” organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan. To‘lovlar uchun 1,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.