Yaponiyada maktab o‘quvchilari orasida o‘z joniga qasd rekordi

Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari tarixiy yuqori nuqtaga yetdi. Joriy yilda 532 nafar maktab o‘quvchisi o‘z hayotiga yakun yasagan, deb xabar berdi TASS.
Bu ko‘rsatkich 1980 yildan boshlab yuritilayotgan rasmiy statistikadagi eng yuqori raqam hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan ko‘proq o‘z joniga qasd qilgan. Bolalar orasida eng ko‘p holatlar o‘rta maktab o‘quvchilari orasida (349 holat) qayd etilgan.
Shu bilan birga, mamlakat bo‘yicha umumiy aholi orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari pasayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. 2025 yilda Yaponiyada jami 20 mingdan kam shaxs o‘z hayotiga nopok yo‘l bilan yakun yasagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!