date

Qaynona go'shtidan mantilar haqidagi xabar yolg'on

Qaynona go'shtidan mantilar haqidagi xabar yolg'on
Oʻzbekistondagi “Oʻtkir tergov” ko‘rsatuvining “Qaynona go‘shtidan mantilar tayyorlagan kelin” nomli epizodi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bunday holatlar kuzatilmagan va birorta sud bunday ishni ko‘rib chiqmagan. Abidov qo‘shimcha qilishicha, ko‘rsatuv ijodkorlari “haqiqiy voqealarga asoslangan” degan yozuvni qo‘shgan bo‘lsa-da, bu safar voqeani jinoyatchilikning oldini olish maqsadida o‘zlari to‘qib chiqargan.

Shuningdek, Abidov ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini bu kabi voqealarni noto‘g‘ri talqin qilishdan tiyilishga chaqirdi. 29-oktabr kuni efirga uzatilgan mazkur ko‘rsatuv ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Hozirgacha Milliy TVning YouTube’dagi rasmiy kanalida ushbu epizod 600 ming martadan ortiq tomosha qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaynona go'shtidan mantilar haqidagi xabar yolg'on