
Qozog'istonning aviakompaniyasi Qazaq Air 7-noyabrdan boshlab Astana va Samarqand o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yadi. Bu haqda O'zbekiston Turizm qo'mitasi ma'lum qildi. 
Mazkur yo'nalish harakatni qulaylashtirish, shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi turistik, ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Parvozlar haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. 
Chipta narxi bir tomonga 1,3 million so'mdan (60,6 ming tengeden), ikki tomonga esa 842,8 ming so'mdan (36,9 ming tengeden) boshlanadi. Qazaq Air 2015-yilning oxiridan beri aviatsiya bozorida faoliyat olib boradi. 
Kompaniya Qozog'iston ichida va qo'shni davlatlarning chegara hududlariga reyslar amalga oshiradi. Aviakompaniyaning markaziy havo bog'lamasi Astana aeroportida joylashgan. 
Qazaq Air Astana va Samarqandni bog'laydi
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar