
O‘zbekiston Afg‘onistonning yangi meva va sabzavotlarini eksport qilish uchun havo yo‘lagini ochdi, deb xabar bermoqda Atlas Press. Ushbu yo‘lak Surxondaryo viloyati va Balx viloyati rasmiylari o‘rtasida kelishuv asosida tashkil etildi.
Yangi marshrut afg‘on eksportchilariga mahsulotlarini Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi asosiy xalqaro bozorlariga yetkazish imkonini beradi. O‘zbekistonlik mutasaddilar tadbirkorlarga yuklarni tashishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Ta’kidlanishicha, Pokiston chegarasidagi o‘tish punktlarining, ayniqsa eksport mavsumi avjida yopilishi Afg‘oniston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar